O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida 1-toifali mutaxassis
Abduakimov Anvar Maxmud o‘g‘li 1997-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2021-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida 1-toifali mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida Bosh maslahatchi
Yuldashov Fazliddin Paxriddin o‘gʻli 1997-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2018-2022 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olgan. 2022-2024 yillarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudya yordamchisi, so‘ng Toshkent shahar sudining sudya katta yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida Bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining yetakchi mutaxassisi
Ziyoviddinova Raxshonaxon 2002-yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2024 yil G.V Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi fillialini "Raqamli iqtisodiyot va moliya" yo'nalishini tamomlagan. Hozirda G.V Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi fillialining "Xalqaro iqtisodiyot va biznes" yo'nalishi magistri. 2024 yil oktyabr oyidan boshlab Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyati mutaxassisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotiyabiyatining Bola huquqlari ta’minlanishini monitoring, huquqiy tahlil va targ‘ib qilish sektori mudiri
Ergashev Zafar Sayfullo o‘g‘li 1994-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2014-2018 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr, 2018-2019 yillarda magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2023-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimida ishlamoqda.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining Bosh hisobchisi
Saidova Gulchexra Ochilovna 1973-yilda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2013-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-xisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi bosh hisobchisi, «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulleteni buxgalter- iqtisodchisi lavozimida ishlagan. 2016-yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Bosh hisobchisi, 2021-yildan hozirga qadar Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatlari Bosh hisobchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri
Raxmatov Sattor Ne’matovich 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti: oliy. 2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Bola huquqlarini ta’minlash sektori mudiri bo‘lgan. 2023-yildan bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakili (Bolalar ombudsmani) matbuot kotibi
Dilnoza Yusupova 1998-yil 2-oktyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2024 yil "O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari" universitetining "Teleradio jurnalistika" yo'nalishida sirtqi ta'limni tugatgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "Xalqaro press-klub" NNTda bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
2024 yil dekabr oyidan boshlab Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritmoqda.