Yuldashov Fazliddin Paxriddin o‘gʻli 1997-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2018-2022 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olgan. 2022-2024 yillarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudya yordamchisi, so‘ng Toshkent shahar sudining sudya katta yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida Bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
- Vakil va uning mintaqaviy vakillari tushayotgan murojaatlani hal etish bo‘yicha faoliyat olib borishda ularga tashkiliy, uslubiy, axborot va maslahatlar bilan xizmat ko‘rsatadi;
- Fuqarolardan tushayotgan murojaatlar bilan ishlarni tashkil etadi, Kotibiyatda ularning hisobini yuritadi va ro‘yxatga oladi, murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanib, Bolalar ombudsmani ekspertlari tomonidan ko‘rib chiqilishini va o‘rganilishini, shuningdek tegishli davlat organlari va boshqa organlarda shikoyatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;
- Markazda va xizmat safari vaqtida joylarda Vakilning fuqarolar bilan shaxsiy qabulini tashkil etadi;
- Fuqarolar murojaatlarini, ularni ko‘rib chiqish natijalarini tahlil qiladi, tizimlashtiradi va umumlashtiradi, shikoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganadi, Vakil bilan birgalikda xulosalar loyihalari va zarur axborot, faoliyatning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi;
- Vakil topshirig‘iga binoan joylarda shikoyatlar ko‘rib chiqilishini, sud jarayonlarida ishtirok etilishini, murojaatlar yuzasidan mustaqil tekshiruv monitoringini o‘tkazilishini tashkil etadi va o‘tkazadi.
- Vakil roziligi asosida mazkur ishlarga Ekspertlar kengashi hududiy vakillari va a’zolarini, tuzilgan Bitimlarga muvofiq tashkil etilgan milliy hamkorlar ishchi guruhlari vakillarini jalb qilishi mumkin;
- Vakilga murojaat etgan fuqarolarga huquqiy maslahat berilishini, Vakil Kotibiyati "ishonch telefoni" ning hamda "e-xat" elektron hukumat pochtasi ish faoliyatini tashkil etadi;
- Vakilning har yillik faoliyati yuzasidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan hisobotining murojaatlar bilan ishlash masalalari yuzasidan maxsus bo‘limini tayyorlaydi;
Vakil huzuridagi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi Ekspertlar kengashi ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.