header image

Markaziy apparat

Saidova Gulchexra Ochilovna

Saidova Gulchexra Ochilovna

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining Bosh hisobchisi

Tarjimai hol

Saidova Gulchexra Ochilovna 1973-yilda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2013-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-xisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi bosh hisobchisi, «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulleteni buxgalter- iqtisodchisi lavozimida ishlagan. 2016-yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Bosh hisobchisi, 2021-yildan hozirga qadar Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatlari Bosh hisobchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Funksiyalar

  • Vakilning kotibiyati faoliyati bilan bog‘liq harajatlar smetalarining loyihalarini, bu smetalarning ijrosiga doir hisobotlarni tayyorlaydi hamda ularni Kotibiyat mudiri va vakil ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

 

  • Byudjet mablag‘lari uchun buyurtmalarni amalga oshiradi, shtat jadvalini tuzadi, har oydagi moliyaviy, buxgalteriya hisobini yuritadi hamda hisobotini tayerlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliy vazirligi bilan hamkorlikni ta’minlaydi. Oylik maoshlarini hisoblaydi, davlat soliqlari va boshqa tashkilotlar bilan moliyaviy shartnomalarni hisobini yuritadi;

 

  • Bosh buxgalterning vazifasi yana buxgalterlik balanslarini tayyorlash, moliyaviy hisobotlar natijasini, mablag‘larning asosiy aylanmasini hisob-kitobini olib borish va ularni asoslab berishdan iborat;

 

  • Moliyaviy xo‘jalik hisobidagi mulklarni nazorat qiladi va qimmatbaho buyumlarni inventarizatsiyadan o‘tkazadi.