header image

Akkreditatsiya tartibi

Asosiy /
Akkreditatsiya tartibi
Akkreditatsiya tartibi
Akkreditatsiya tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 243-son qaroriga asosan Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) ga akkreditatsiyadan o‘tish istagida bo‘lgan OAVni mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

Ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

Ixtisoslashuvi;

Tarqalish hududi;

Elektron pochta manzili;

Tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

Akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

Kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan texnik jihozlar;

Muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma’lumotni taqdim etilishi so‘raladi.

Yuborilgan so‘rov Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) tomonidan tashkil etilgan Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 

 

Muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma akkreditatsiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.

 

Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditatsiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.

 

Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditatsiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘GʻRISIDAGI NIZOM