Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri
Raxmatov Sattor Ne’matovich 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti: oliy. 2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Bola huquqlarini ta’minlash sektori mudiri bo‘lgan. 2023-yildan bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.