Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakili (Bolalar ombudsmani) matbuot kotibi
Dilnoza Yusupova 1998-yil 2-oktyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2024 yil "O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari" universitetining "Teleradio jurnalistika" yo'nalishida sirtqi ta'limni tugatgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "Xalqaro press-klub" NNTda bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
2024 yil dekabr oyidan boshlab Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritmoqda.