Maktab muassasalarida mutaxassis psixologlarning oʻquvchilar bilan ishlashida bolaning eng ustun manfaatlariga rioya qilish zarurati
Maktab muassasalarida mutaxassis psixologlarning oʻquvchilar bilan ishlashida bolaning eng ustun manfaatlariga rioya qilish zarurati

Bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlash - Oʻzbekiston davlat siyosatining asosiy tayanch yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bunda davlat bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish, bolaning jismoniy, intellektual va madaniy rivojlanishi uchun eng munosib shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha ijtimoiy majburiyatni konstitutsiyaviy darajada oʻz zimmasiga olgan.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda bolalar huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonunchilik bazasini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga oid keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Sohada prinsipial yangi yondashuvlar va uslublar joriy etildi.

Muhimi, bugungi kunda mamlakatimizda bolalar farovonligini taʼminlashga oid samarali huquqiy mexanizm yoʻlga qoʻyilishi bilan bir qatorda, jamiyatda bola huquqlari, uning jamiyatda qadriyat sifatida tan olinishi boʻyicha mutlaqo yangi ijtimoiy normalarni shakllantirish yoʻlida jiddiy choralar koʻrilmoqda.

Bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlash - Oʻzbekiston davlat siyosatining asosiy tayanch yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bunda davlat bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish, bolaning jismoniy, intellektual va madaniy rivojlanishi uchun eng munosib shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha ijtimoiy majburiyatni konstitutsiyaviy darajada oʻz zimmasiga olgan.

   Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda bolalar huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonunchilik bazasini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga oid keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Sohada prinsipial yangi yondashuvlar va uslublar joriy etildi.

Muhimi, bugungi kunda mamlakatimizda bolalar farovonligini taʼminlashga oid samarali huquqiy mexanizm yoʻlga qoʻyilishi bilan bir qatorda, jamiyatda bola huquqlari, uning jamiyatda qadriyat sifatida tan olinishi boʻyicha mutlaqo yangi ijtimoiy normalarni shakllantirish yoʻlida jiddiy choralar koʻrilmoqda.

Umum majburiy maktab taʼlimi – bolaga tegishli taʼlim huquqining konstitutsiyaviy kafolati boʻlib, mazkur kafolatni sifatli va samarali taʼminlanishi uchun ota-onalar ham, taʼlim mutasaddilari ham oʻz majburiyatlari darajasida birdek maʼsuldirlar.

   Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat maktab muassasalarida 10 118 ta bugungi kunda 6 million 569 ming 764 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

    Maktab muassasalarida psixologik xizmatning maqsadi - oʻquvchilarning maʼnaviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz taʼlim jarayonida oʻzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

   Maktab muassasalarida psixologik xizmatning asosiy vazifalari haqida soʻz borganda aytish kerakki:

- turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;

- oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

- Voyaga yetmaganlarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

- axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishdan iborat.

   Shu bilan birga eʼtiboringizni qaratmoqchi boʻlgan jiddiy masala – maktablardagi bolalarga nisbatan zoʻravonlik, tazyiq, bulling holatlarini kun sayin koʻpayib borayotganligini taʼkidlamoqchiman.

    Jumladan, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga mana shu 9 oy ichida bolaga nisbatan zoʻravonlik haqida kelib tushgan murojaatlarning 40 foizini maktablardagi mana shunday salbiy holatlar tashkil etmoqda!

   Bola maktabga taʼlim tarbiya olishga keladi, qachonki shu maskanda turli nomaqbul munosabat, tazyiq qurboniga aylanmoqda.

    Mana masalan, maktablarimizda bullingga uchragan bolalar va ularning ota-onalari murojaatlaridan misollar:

1)  Taʼlim muassasasida oʻsmir qizga sinfdoshlari tomonidan ruhiy bosim va tazyiq (bulling) oʻtkazib kelinganligi, oʻquvchilar tomonidan internetda asossiz, qizning shaʼni va qadr-qimmatiga zid boʻlgan xabarlar tarqatilganligi, mazkur bulling oqibatida qiz oʻz joniga qasd qilishga uringanligi holati (Marianna, Toshkent, Mirobod tumani);

2)  Maktabda oʻqituvchi va direktor tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga ruhiy tazyiq va bosim oʻtkazilayetganligi, boshqa ota-onalar va bolalarni bolaga hamda uning onasiga qarshi yoʻnaltirish, ommaviy bulling, diskriminatsiya tashkil etish (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani);

3)  Andijon viloyatida Izboskan tumanidagi maktabda turli asossiz vajlar bilan qizlarini 3 yildan beri maktabga qoʻymay, ularni taʼlimga boʻlgan huquqini buzayotgan ota-onaga jiddiy chora koʻrilmaganligi oid;

4)  2008-yilda tugʻilgan qizi Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi maktabda oʻqishini, maktabda unga ruhiy zoʻravonlik qilinayetganligini, buni bartaraf etish boʻyicha maktab maʼmuriyatiga qilgan murojaati eʼtiborsiz qoldirilib, aksincha maktab direktori tomonidan qiziga bosim oʻtkazganligi holati;

5)  Toshkent viloyati Boʻstonlik tumanidagi maktabda oʻquvchi qiz sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayetganligi, bu holatga maktab maʼmuriyati ham, boshqa masʼullar ham eʼtiborsiz ekanligi yuzasidan (Toshkent viloyati);

6)   Olmazor tumanidagi xususiy maktabda uquvchilarga pedagoglar tomonidan muttasil ravishda jismoniy jazo qoʻllanilishi holati;

Yeki bevosita psixolog mutaxassislarning oʻzi kasbi va vazifasiga zid harakatlar qilishi holatlari:

7)   xorijda (Shvetsiya) da tugʻilib, u yerda 14 yil yashagan oʻsmir qizni oilasi bilan Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi, psixolog mutaxassis esa bolaga yordam koʻrsatish oʻrniga uni aksincha yanada tazyiqqa  duchor etgan, shaʼni-qadr qimmatiga zid gaplar, harakatlar qilgan, mutlaqo noprofessional yoʻl tutgan

8)  Mirobod tumanidagi maktab maʼmuriyati oʻquvchining onasiga psixolog va boshqa oʻqituvchilar farzandini yomon ekanligini doimo taʼkidlashi, turli yomon illatlarini aytib, farzandlarini maktabdan olib ketishni talab qilishi holati.

Mana shunday vaziyatlarning maktablarda kun ora uchrashi aslida u yerdagi ijtimoiy makondagi muhit psixologik barqaror emasligi, bolalar sogʻligʻi uchun xavfli ekanligidan dalolat beradi.

     Zoʻravonlik va tazyiq ruhiyati yuqumli, u kattalardan bolalarga oʻtib ular oʻrtasida tez tarqaladi, qachonki maktab – bu bolaning asosiy vaqti oʻtadigan eng asosiy maskan hisoblanadi.

Aynan maktabda bolalar hayotdagi asosiy koʻnikmalarga ega buladilar, boshqalar bilan muloqot qilish ijtimoiy kommunikatsiyalariga, oʻzini tutish modeliga oʻrganadilar.

    Qachonki bu hayot maktabi munosib boʻlmas ekan, bolaga jiddiy psixologik ruhiy talofat yetadi. Bolalikdagi orttirilgan komplekslar, travmalar bolani ulgʻaygandan keyin ham oʻz asoratini qoldiradi.

   YUNISEFning tahlillariga koʻra, 2022-yilda oʻtkazilgan keng qamrovli tadqiqot shuni koʻrsatdiki, oʻquvchilarning 16 foizi ijtimoiy izolyatsiyani, 15,4 foizi oʻrtacha yoki ogʻir tashvishlarni va 9,8 foizi depressiyani boshdan kechiradi.

Bundan tashqari, oʻquvchilarning deyarli 20 foizi boshqa oʻquvchilarning xavfli, zoʻravonlik va kamsituvchi xatti-harakatlari tufayli oʻz maktablarini xavfli deb hisoblashadi. Bolalar bunda oʻsmirlarning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy farovonligini yomonlashtirishi mumkin boʻlgan bir qancha xavf omillarini qayd etishdi.

Eng koʻp uchraydigan xavf omillari quyidagilardir: oiladagi nizolar/ zoʻravonlik, oilada aloqa va tushunishning yetishmasligi, doʻstlik munosabatlarning yoʻqligi yoki yuzaki munosabatlar, qoʻllab-quvvatlamaydigan oʻqituvchilar, akademik bosim, tahqirlash, yomon maktab sharoitlari, haddan ortiq ekran vaqti, qashshoqlik va ota-onalarning migratsiyasi.

Oʻsmirlar va ota-onalarda yordam soʻrash uchun eng keng tarqalgan toʻsiqlar — bu kamsitilish va xijolatchilik, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish va ruhiy-ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun maktab psixologlari va boshqa koʻmak resurslari haqida maʼlumot yetarli emasligi, shuningdek, oʻsmirlar va ularning ota-onalarida psixologlarning koʻnikma va malakasiga ishonchsizlikdir (Yunisef. “Maktablarda oʻsmirlarning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy farovonligi”. 2022.)

   Albatta bu raqamlar va koʻrsatilgan omillarni qabul qilish qiyin, lekin mavjud muammolarni eʼtirof etish ularni hal etish yoʻlidagi birinchi qadam hisoblanadi.

       Soʻzimni yakunida maktab muassalarida psixologik xizmatning asosiy maqsadi nimadan iborat ekanligiga yana bir bor eʼtiboringizni qaratmoqchi edim  - oʻquvchilarning maʼnaviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz taʼlim jarayonida oʻzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.