

Bolalar ombudsmanining Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan Yashnobod tumanidagi 172-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlari o‘rganildi.
Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bola huquqlari” mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi.
Tadbirda 120 nafar o‘quvchi qatnashib, bola huquqlari, ularni ta’minlash va himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari, shu bilan birga, mazkur sohadagi milliy qonunchilik normalari xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Jumladan, o’quvchilarda bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda belgilangan asosiy qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bola huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatlash yuzasidan tushuncha berildi.
Seminar doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib,
ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bu kabi muloqotlar yosh avlodning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, bola huquq va qonuniy manfaatlarini anglash hamda ularni qonuniy vositalar orqali himoya qilish borasidagi bilimlarini mustahkamlashga
xizmat qiladi.


