header image

Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida  bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu Qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan. 
Xususan,
➡️O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash; 
➡️Bolaning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi sababli javobgarlikdan va jazoni ijro etish muddati o‘tganligi bois jazodan ozod qilinmasligi; 
➡️ Zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha jabrlangan bola bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini yuzlashtirishni maxsus tartib asosida o‘tkazish;
➡️Bolaga yaqin shaxslar tomonidan zo‘ravonlik sodir etilgan holatlarda jinoyat ishini sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokini ta’minlash;
➡️Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar qarorlarini ijro etmaganlik yoki ularning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni belgilash;
➡️Bir guruh shaxslar tomonidan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilishini og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholash, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish;
➡️Bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik, shahvoniy shilqimlik qilish va nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish kabi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralarini kuchaytirish;
➡️Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash;
➡️Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlangan bolalarning huquqlarini tiklash hamda jamiyatda bunday qilmishlarga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlashga xizmat qiladi.