header image

Yangiliklar

Bolalar ombudsmani alohida ta’lim extiyojiga ega bolalar va ularning ota-onalari xalqaro inklyuziv Hub faoliyati bilan tanishishini tashkil etdi.

Aytish joizki, biroz vaqt avval Bolalar ombudsmaniga bir guruh ota-onalar jamoaviy murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan farzandlarining maxsus maktabda ta’limi yakunidan keyin ham ijtimoiy-kasbiy qo‘llab quvvatlash hamda ta’limni davom ettirish imkoniyatlari berilishi yuzasidan o‘z takliflarini bildirishgan edi.
Hozirda o‘ziga xos bolalarni ixtisoslashgan maktabda ta‘limi tamomlagandan so‘ng ham kasbiy va ijodiy rivojlantiruvchi to‘garaklar bilan band qilish, ular orqali bolalarni amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ijtimoiylashuvi va turli muhitda muloqoti uchun do‘stona shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Xalqaro inklyuziv Hub aynan shu yo‘nalishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun sifatli va turli yo‘nalishda ta’lim olish, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, jamiyatga moslashish, abilitatsiya va reabilitatsiya uchun zamonaviy hamda talab yuqori kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar berayotgan amaliy muloqot markazidir.
Ma’lumot uchun: Zamin jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan ushbu noyob Hub— inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish loyihalarini tezlashtiruvchi platforma bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi.
Shuningdek, Hubda 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ko‘magida aniq va gumanitar fanlar, IT sohasi, moda, fotografiya, kino, rassomlik va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda bepul tarzda tahsil olishmoqda.
Uchrashuv davomida Bolalar ombudsmani Hubga muntazam qatnab kelayotgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning maskanga oid fikrlari, farzandida yuzaga kelgan ijobiy o‘zgarishlar haqida o‘zaro fikr almashishdi. 
Shuningdek, muloqot davomida Hub faoliyati bilan tanishish uchun kelgan ota-onalar farzandlariga bu maskanda qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida o‘zi uchun muhim bo‘lgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblar oldilar.
Bolalarga alohida mehr va e’tiborga tayangan bunday maskanlar nafaqat ularning ta’lim olishi va kasb egallashi, balki jamiyatga uyg‘un moslashishi, o‘z ijodiy salohiyatini erkin ro‘yobga chiqarishi va mustaqil hayotga dadil qadam qo‘yishi uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.