

Ma’lumot uchun:
2019-yildan buyon faoliyat yuritayotgan mazkur tashkilotning asosiy maqsadi — yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun oilaviy muhit yaratish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yetimlik xavfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat.
Ayni paytda tashkilotda 56 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Shu bilan birga, muassada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan kichik hajmli uylar ham faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular tarkibida jami 44 nafar bola parvarishlanmoqda.
Monitoring jarayonida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, ta’lim jarayoni, yotoq, sport va dam olish xonalari, sanitariya-gigiyena holati, ovqatlanish sharoitlari hamda tibbiy xizmat va reabilitatsiya tizimi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani muassasada tarbiyalanayotgan bolalar bilan suhbatlashdi.
Monitoring doirasida ko‘zdan kechirilgan bolalar maskanlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.








