
Yangiliklar

Ma’lumot uchun: ushbu Markaz faoliyati joriy yilning may oyidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik xavf ostida bo‘lgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan qiz bolalar 6 oydan 1 yilga qadar o‘z oilasidan vaqtincha olinadi.
Bu vaqt oralig‘ida bolalar va ularning ota-onalari bilan psixologik terapiya olib boriladi hamda shu orqali ularning jamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi ta’minlanadi.
O‘rganishda markazda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, yashash, yotoq, dars jarayonlari, dam olish va to‘garaklar, sanitariya-gigiyena va ovqatlanish sharoitlari o‘rganildi.
Monitoring davomida Bolalar ombudsmani markazda tarbiyalanayotgan 4 nafar qiz bilan alohida suhbatlashib, ularning fikri, qiziqishlari va ehtiyojlarini eshitdi, qizlarga oid hujjatlar bilan tanishdi.
Ushbu markazdagi mutaxasislarning bolalar bilan samarali ishlashi natijasi sifatida qayd etish joizki, ota-onasi bilan korreksiya ishlari yakunlanib, xavfsiz oilaviy muhit ta’minlanganligiga oid xulosa asosida 2026-yil 17-sentyabr kuni Krizis markazida bo‘lgan 1 nafar qiz o‘z oilasiga qaytarildi.