header image

Yangiliklar

Samarqand shahrida "Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi" mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

17-sentyabr kuni o‘tkazilgan xalqaro forum Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ilmiy-tahliliy doiralar va xorijiy ekspertlarni jamlab, ochiq va konstruktiv muloqot maydoniga aylandi.
Forumda 150 dan ortiq xalqaro va xorijiy ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish, davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur xalqaro anjumanda "Bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy
va institusional kafolatlari" borasida ma’ruza qildi.

Jumladan, bugungi kunda O‘zbekistonda bolalar vaziyatining aniq ko‘rsatkichlar asosida baholanishini ta’minlash uchun “Bolalar farovonligi” milliy indeksini joriy etish yuzasidan ishlar olib borilayotganligi alohida ta’kidlandi.

✔️Aytish joizki, bunday indeks bolalar farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda bu yo‘nalishda normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shubhasiz, ushbu konferensiya O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajribalar almashinuvini kengaytirish uchun muhim mintaqaviy muloqot platformasi bo‘la oldi.