
Yangiliklar

Avvalroq Bolalar ombudsmani (joriy yilning 29-iyul kuni) Chirchiq shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasini ko‘zdan kechirib, monitoring davomida qator kamchiliklar aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
Xususan, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Bolalar ombudsmani Ichki ishlar vazirligiga kameralardagi sun’iy ventilyasiya tizimida nosozliklar, binoni rekonstruksiya qilish
yoki kapital ta’mirlash masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek, tibbiyot xonasini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq zarur tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari bilan to‘liq ta’minlashi bo‘yicha xulosa kiritdi.
Natijada (joriy yil sentyabr holati bo‘yicha)
✅Chirchiq shahar IIB VSH da ventilyasiya tizimidagi nosozlik to‘liq bartaraf etilib, ishchi holatga keltirildi.
✅tibbiyot xonasiga zaruriy dori-darmon vositalari ajratildi.
✅voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan kamera
(karavot, tumba, stol-stul va kiyimilgichlar bilan) minimal standartga ko‘ra qayta jihozlandi.
Shuningdek, hozirda Chirchiq shahar IIB VSH binosida qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘tkazish hamda uning shtatiga tibbiyot xodimi lavozimini kiritish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarda voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklarini ta’minlanishi, ularga belgilangan standartlar asosida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratilishi yuzasidan qat’iy kuzatuvini davom ettiradi.

