header image

Yangiliklar

Bolalar ombudsmanining Toshkent viloyatiga monitoring tashrifi doirasidagi keyingi manzil Yangi yo’l shahar IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasi bo‘ldi.

Monitoring davomida hibsxonada voyaga yetmaganlarni saqlash uchun mavjud sharoitlar o'rganildi.
Muassasada hozirda 1 nafar voyaga yetmagan bola saqlanayotgan bo’lib, bola bilan yakka suhbat o'tkazildi, uning saqlanish sharoitlari, muassasa xodimlarining unga nisbatan munosabati va hozirda tergov jarayonida protsessual huquqlari ta'minlanishi darajasi borasida fikrlari o'rganildi hamda unga oid hujjatlar ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, kameralardagi sharoitlar belgilangan standartlarga mosligi, xususan, kameralarni jihozlash, saqlanish, yotoq, ovqatlanish va yuvinish sharoitlari sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi holati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi bilan tanishildi.
O’rganish davomida bino 1981-yilda qurilgan bo'lib, eski va ta'mirtalab holatda ekanligi, tibbiyot xonasi va tibbiyot xodimi mavjud emasligi sababli dorilarni saqlash tartib-qoidalari belgilangan standartlarga mos kelmasligi, shuningdek, kameralarni jihozlashdagi ayrim kamchiliklar va mahbuslar uchun sayr xonasi talabga javob bermasligi aniqlandi.
Monitoring yakunida Bolalar ombudsmani muassasa rahbariyatiga voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlashga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Bolalar ombudsmani tomonidan monitoring doirasida ko‘zdan kechirilgan hibsxonalarda voyaga yetmaganlarni saqlash bilan bog‘liq aniqlangan holatlar yuzasidan yuqori turuvchi mutassadi organga tegishli xulosa kiritilishi ta’minlanadi.