
Yangiliklar

Uchrashuvda zamonaviy jamiyat va raqamli texnologiyalar sharoitida bolalarning shaxsiy rivojlanishi, ruhiy farovonligi va xavfsizligini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan noyob ilmiy-tadqiqot platformasi — «Bolalar ilmiy tadqiqot hab» loyihasini ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur loyiha doirasida bolalar sohasidagi muhim yo‘nalishlarni qamrab olish, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning shaxsiy va ruhiy rivojlanishini monitoring qilish, shuningdek, bolalar farovonligi bo‘yicha milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish nazarda tutilmoqda.
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur loyihada faol hamkorlikka, xususan, bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan huquqiy-metodik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Rejalashtirilayotgan ushbu keng qamrovli amaliy loyiha orqali yaqin yillarda O‘zbekistonni bolalar ilmiy tadqiqotlari va innovatsion dasturlari bo‘yicha yetakchi mamlakatlardan biriga aylantirish, bolalar siyosati va bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan ilmiy-tadqiqot va strategik yondashuvlar habi sifatida shakllantirish maqsad qilingan.





