
Yangiliklar

Bolalar ombudsmani Toshkent viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashrifi doirasida Olmaliq shahar IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, muassasada voyaga yetmaganlarni saqlash uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Ayni vaqtda muassasada voyaga yetmaganlar mavjud bo‘lmay, ularni saqlash uchun mo‘ljallangan kameralardagi sharoitlar, jumladan, yotoq, ovqatlanish va saqlash sharoitlarining belgilangan talablarga, sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar natijasida hibsxona binosi jiddiy ta’mirtalab holatda ekanligi va kameralarda foydalanilayotgan jihozlarni yangilash zarurati aniqlandi.
Shuningdek, tibbiy xizmat tartibi yetarli talab darajasida emasligi hamda ushbu muassasa ham tibbiyot xodimi bilan ta’minlanishga ehtiyoj borligi qayd etildi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning o‘z yaqinlari bilan uchrashuvlari uchun
maxsus xona tashkil etish zarurati mavjud.
Monitoring yakuni bo‘yicha muassasa rahbariyatiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.




