
Yangiliklar

Ta’kidlash joiz, ayni paytda muassasada voyaga yetmaganlar mavjud emas.
Monitoring davomida voyaga yetmaganlar saqlanishi ko‘zda tutilgan kameralardagi sharoitlar standartlarga mosligi, xususan, yotoq, ovqatlanish va saqlanish sharoitlari sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi holati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi ko‘zdan kechirildi.
Ma’lumot uchun: muassasa 51 nafar shaxs saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, alohida tarzda voyaga yetmaganlar uchun kamera ajratilgan.
O‘rganish davomida asosiy shart-sharoitlar minimal standartlarga mosligi qayd etilgan bo‘lsa-da, ayrim kamchiliklar e’tiborga olindi.
Jumladan, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasida dori vositalari zaxirasini to‘ldirish, muassasani tibbiyot xodimi bilan ta’minlash hamda foydalanishida bo’lgan yotoq to’plamlarini yangilash zarurati mavjud.
Shuningdek, muassasa kutubxonasi fondini yangilash, saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni o‘z yaqinlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish uchun tegishli xona ajratish zarurligi aniqlandi.
Monitoring yuzasidan Bolalar ombudsmani muassasa rahbariyatiga voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlashga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.






