header image

Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Rossiya Federatsiyasining 
turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Bolalar ombudsmani o‘zining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani bilan hamkorligi natijasida RF da qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni ular turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirish choralari ko’rildi.
Jumladan, RF Bolalar ombudmani tomonidan zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, bolalar joylashgan hududlarda, jumladan, Novosibirsk, Qozon, Tula 
va Moskva viloyatlarida ular uchun barcha qulay va munosib shart-sharoitlar (Maxsus parvarish, yotoq, rejimli ovqatlanish, kiyim-kechak va kerakli ashyolar) bilan ta’minlandi.
2026-yil 29-avgust kuni 12 nafar bola IIV mas’ullari tomonidan yurtimizga qaytarildi.
Hozirda olib kelingan bolalar Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Bolalar ombudsmani xorijda qarovsiz qolgan bolalarni Vatanga qaytarilishi yo‘lida xorijiy hamkorlari va milliy mutassadilar bilan o‘zaro konstruktiv muloqotni davom ettiradi.