
Yangiliklar

Konferensiyada O‘zbekistonda zamonaviy kriminologik siyosat, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishning yangi modeli hamda viktimologik profilaktika hamda bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Bolalar ombudsmani kotibiyati sektori mudiri tomonidan bolalarni zo‘ravonlik va boshqa jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdagi yangi huquqiy mexanizmlar va preventiv vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Xususan, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
bolaga nisbatan ta’qib etish (bulling) uchun qonunchilikda alohida javobgarlik belgilash,
ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi uchun mas’ul ekanligini inobatga olib, bolani ma’nan va axloqan to‘g‘ri tarbiyalash bo‘yicha ularning bilim va ko‘nikmalarini hamda mas’uliyatini oshirishga oid tizimli va manzilli choralarni kuchaytirish;
umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichlaridan maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini shakllantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Bu kabi ilmiy-amaliy muloqotlar bola huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, bolaga qarshi zo‘ravonlik hamda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.






