
Yangiliklar
Bolalar ombudsmani Toshkent shahar IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasida monitoring o‘rganishini olib bordi.

Bugungi kunda muassasada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar mavjud bo‘lmay, monitoring davomida kameralardagi sharoitlar belgilangan standartlarga mosligi, xususan, yotoq, ovqatlanish va saqlanish sharoitlari sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi holati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi ko‘zdan kechirildi.
Aytish joizki, muassasada voyaga yetmagan bolalarni vaqtincha saqlash uchun shart-sharoitlar belgilangan standartlarga mos ravishda ta’minlangan bo‘lsa-da, ayrim kamchiliklar qayd etildi.
Monitoring yakunida Bolalar ombudsmani muassasa rahbariyatiga voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlashga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.





