
Yangiliklar

Joriy yilning 1-yarmida Bolalar ombudsmani nomiga 1147 ta murojaat kelib tushdi. O’rganishlar asosida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga oid 8 ta jinoyat ishi hamda 15 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan;
Asossiz ravishda jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi 6 ta qaror prokuror tomonidan bekor qilinib, qayta o‘rganish uchun yuborilgan. Bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarga jami 56 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirilib, u erda saqlanayotgan 1289 nafardan ortiq bolalar bilan yakka va jamoaviy uchrashuv hamda suhbatlar o‘tkazildi. Bola huquqlari buzilishi yuzasidan jami 18 ta- 4 ta ogohlantirish, 7 ta taqdimnoma, 5 ta xulosa, 2 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to’g’risida iltimosnoma kiritildi.Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid 43 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalariga takliflar berildi. Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish hamda bola manfaatlari himoyasiga oid 1048 ta media-material jamoatchilikka e’lon qilindi. Bolalar ombudsmani Yunisef bilan hamkorlikda “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonundan xabardorlikni o‘rganish maqsadida
9500 nafardan ortiq bolalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.Bolalar ombudsmani, xorijiy va milliy mutasaddi idoralar sa’i-harakati bilan jami 22 nafar bola xorijdan Vatanga qaytarildi.