

O‘rganish davomida Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda xoli uchrashib, ularning tergov va sud jarayonlarida qanday muammolarga duch kelgani hamda muassasa xodimlarining ularga nisbatan munosabati yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ovqatlanishi va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. Shu bilan birga, monitoring davomida hozirda tergov hibsxonasining yangi qurilayotgan binosida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.
24-sonli tarbiya koloniyasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashabbusi bilan maskanda tarbiyalanayotgan qator bitiruvchi bolalarni Oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirish imtihonlariga onlayn tarzda tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv loyihasi ishga tushirilgan. Mazkur loyiha IIV, Bolalar ombudsmani va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Monitoring yakunida Bolalar ombudsmani muassasa rahbariyatiga voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlashga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.Monitoring yakunida Bolalar ombudsmani muassasada voyaga yetmaganlarni saqlanishi yuzasidan hibsxona rahbariyatiga qator tavsiyalar bildirdi.






