

Yig‘ilishda 2025-yil davomida Bolalar ombudsmanining davlat organlari tomonidan bola huquqlarini ta’minlash holati yuzasidan tahlili va bu borada muhim natijalari alohida ta’kidlandi.
Jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish va monitoring faoliyati asosida davlat organlari tomonidan bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan 3 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa va 3 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilganligi hamda bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi, 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, bundan tashqari, 20 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv olib borish uchun yuborilganligi qayd etildi.
Muhokama davomida senatorlar tomonidan bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash choralarini yanada faollashtirish hamda bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Muhokama yakunida senatorlar ma’ruzani ma’qulladilar.







