header image

Yangiliklar

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Bolalar ombudsmani tomonidan taqdim etilgan parlament oldidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.

Aytish kerakki, Bola huquqlarini ta’minlash - davlatning muhim strategik yo‘nalishi hisoblanib, 2025-yilda milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq 50 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.

Ma’ruzada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat organlari faoliyati tahlili, bolaning huquq va erkinliklarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘rilayotgan choralar yuzasidan atroflicha ma’lumot bayon etildi.

Ma’lumot o‘rnida: Bolalar ombudsmani tomonidan murojaatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi hamda 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. 
Bundan tashqari, 20 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv olib borish uchun yuborilgan.

Internet tarmog‘ida o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlarining buzilishiga oid holatlar yuzasidan 23 ta jinoyat ishi hamda 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.
Ta’lim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilganligi hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun - 6 nafar pedagog  ma’muriy javobgarlikka tortildi.
bolaga nisbatan qilgan qo‘pol xatti-harakatlari uchun - 15 nafar pedagogga intizomiy jazo qo‘llanildi.
bolaning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilganligi uchun - 2 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. 
Qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ 2 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.

Yig‘ilish so‘nggida qo‘mita va  siyosiy partiyalar a’zolari tomonidan bola huquqlarini himoyalashga oid islohotlar izchilligini ta’minlash maqsadida istiqboldagi vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.