header image

Yangiliklar

“Barnahus” modelini O‘zbekistonda joriy etish masalalari bo‘yicha idoralararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Barnahus” modelini O‘zbekistonda joriy etish masalalari bo‘yicha idoralararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligida "Barnahus" modelini ishlab chiqish va O‘zbekistonda joriy etish masalalariga bag‘ishlangan idoralararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro ekspertlar va Bolalar ombudsmani kotibiyati sektor mudiri Ergashev.Z  tomonidan  Shvetsiyaning zo‘ravonlikka uchragan har bir bolani aniqlash, unga tezkor ijtimoiy, tibbiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda zo‘ravonga qat’iy huquqiy chora ko‘rish jarayonini ko‘zda tutuvchi ko'p tarmoqli "Barnahus" tizimi haqida taqdimot qilindi.

Muhokama davomida "Barnahus" modelining konseptual yondashuvlari va uni qo‘llash bo‘yicha o‘rganilgan xalqaro tajriba, shu jumladan milliy huquqiy tizimlarga moslashtirilgan Yevropa mamlakatlari amaliyoti taqdim etildi.

Ishtirokchilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berishning amaldagi amaliyotini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratdilar. Idoralararo o‘zaro hamkorlikning mavjud bo‘lingan tizimi ko‘pincha bolaning qayta jarohatlanishiga, uning ruhiy-hissiy holatining yomonlashishiga va to‘planadigan dalillar sifatining pasayishiga olib kelishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar milliy huquqiy va institutsional kontekstni hisobga olgan holda bola manfaatlarini himoya qilishga oid bunday noyob loyihani yanada chuqurroq o‘rganish va uni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.