

Mazkur ma’ruzada odil sudlov tizimida voyaga yetmaganlarga oid jinoyatlar bo‘yicha tergovchi va sudyalarni ixtisoslashtirish, jinoyat ishlarini yuritishda voyaga yetmagan shaxslarni qamoqda saqlash, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish tizimida aniqlangan ayrim muammoli masalalar o‘z ifodasini topgan.
Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari hamda mas’ul idoralar vakillari bolalarga nisbatan jinoyatlarni oldini olishda ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish ahamiyati, bola bilan ishlashga ixtisoslashgan advokat, psixolog, tergovchi, sudya va prokuror mutaxassislarni tayyorlash ehtiyoji zarurligi e’tirof etildi.
Zero bolalar hech bir vaziyatda - hoh jabrlanuvchi, guvoh yoki ayblanuvchi maqomida bo‘lmasin, odil sudlov qarshisida yolg‘iz qolishi mumkin emas.




