

Uchrashuv davomida fuqaro J.U.ning 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i ichkilikka ro‘ju qo‘yganligi tufayli ayol ishlash uchun 8 oy avval Qozog‘iston Respublikasiga ketkanligi va bolalarni turmush o‘rtog‘i va buvisi (J.U.ning onasi)ning qaramog‘iga qoldirib ketganligini ma’lum qildi. Suhbat davomida fuqaro to’ng‘ich farzandi M.I onasi migratsiya vaqtida jinoyat sodir etganligini bildirib, endilikda xorijga ketmasligini, farzandlarini tarbiyasi bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishini ma’lum qildi.
✅Suhbat davomida fuqaro J.U ning 2011-yili tug‘ilgan farzandini o‘zi istiqomat qilayotgan mahalladagi 16-sonli maktabga joylashtirishga uringani, lekin, maktab ma’muriyati bolani maktabga qabul qilishni rad etganligini bildirgan.
🚨Bolaning ta’lim huquqi buzilishiga oid bu murojaat yuzasidan Bolalar ombudsmanining mintaqaviy vakili 16-sonli maktabga borib o’rgandi hamda vaziyat joyida o‘z ijobiy yechimini topdi.
🔴Shu bilan bir birga, monitoring davomida 16-sonli maktabda o‘quvchilarning munosib ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi. O‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.
🔴Xususan, maktabda fizika, biologiya, mehnat xonalari va majlislar zalining mavjud emasligi, kutubxona, oshxona va sport maydonchasining holati talab darajasiga javob bermasligi aniqlandi.
✅Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlar bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.






