
Yangiliklar

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uyg‘un oila muhitini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat shaklidagi xonadonda hozirda 3 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Monitoring davomida ushbu oilada o‘sayotgan bolalar bilan alohida suhbatlashilib, ularning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari hamda yashayotgan oilasidagi muhit va yaratilgan shart-sharoitlarga oid fikrlari tinglandi.
Shuningdek, xonadonda mavjud shart-sharoitlar, jumladan, ta’lim, yotoq, dam olish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari belgilangan standartlarga mosligi o‘rganildi, bolalarni salomatligini ta’minlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga oid hujjatlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, bolalarning maktabdagi dars mashg'ulotlariga doimiy qatnashishi, faolligi, ta'lim tarbiyasi holatiga ham alohida e'tibor qaratildi.






