
Yangiliklar

Monitoringda bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha Bolalar ombudsmani huzurida tashkil etilgan maxsus ekspertlar guruhi a’zolari (shifokor, huquqshunos, pedagog-jamoatchilik faoli)
ham ishtirok etib, muassasa faoliyati va shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdilar.
🚨Xususan, voyaga yetmagan bolalarning muassasada saqlanishi sharoitlari, ta’lim olishi, kasb-hunarga o‘rgatilishi, sport va tarbiyaviy jarayonlarning qonunchilikdagi talablarga rioya etgan ravishda tashkil etilishi holati o‘rganildi.
🎤O‘rganish davomida Bolalar ombudsmani muassasadagi voyaga yetmagan bolalar bilan jamoaviy muloqot qilib, shuningdek, bolalarni muassasadagi munosabat yuzasidan anonim so‘rovdan o‘tkazdi.
Istak bildirgan bolalar bilan individual suhbatlashildi va ularning ehtiyojlari yuzasidan fikrlari tinglandi, jazo o‘tashga oid hujjatlari bilan tanishildi.
✍️Jumladan, 1 nafar bola unga hukm bilan tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish imkoniyati yuzasidan izoh so‘ragan bo‘lsa, yana bir o‘smir yaqin kunlarda jazo o‘tab bo‘lganidan so‘ng ishga joylashishida qanday huquqiy muammolarga duch kelishi mumkinligi bo‘yicha savollar berib, ekspertlar guruhi a’zosi advokat R.Altiyev ularga so‘ralgan masalalarda batafsil huquqiy tushuntirishlar berdi.
🩺Shuningdek, koloniyada tashkil etilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, yotoq, sanitariya-gigiyena sharoitlari ekspertlar guruhi a’zosi shifokor D. Abbasova tomonidan minimal standartlarga mosligi darajasi batafsil tekshirildi.
🚫Ta’kidlash joizki, koloniyada saqlanayotganlarning yaqinlari bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan uchrashuvlar uchun oila muhitiga yaqinlashtirilgan barcha qulayliklar yaratilganligi,
binoning aksariyat turkumlari va kasb-hunar xonalari zamonaviy talablarda rekonstruksiya qilinganligi hamda yangi jihozlar bilan ta’minlanganligi
alohida e’tiborga sazovor.
✅Shu bilan birgalikda, o‘rganish natijasida qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📝Bolalar ombudsmani tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasi yuzasidan IIVga tegishli xulosa kiritiladi.








