header image

Yangiliklar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Bolalar ombudsmani kotibiyati tomonidan fuqarolar qabulida bola manfaatlari yuzasidan qator murojaatlar o‘rganilib, ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, qabul davomida:

1️⃣Shifokor tomonidan go‘dak farzandiga noto‘g‘ri tibbiy tashxis qo‘yilganligi oqibatida bolaning sog‘ligi yomonlashganligi, tibbiyot xodimining o‘z kasbiy vazifasiga mas’uliyatsizligi haqidagi murojaat;

2️⃣Ajrimdan so‘ng, ona farzandini chet davlatga olib chiqib ketmoqchi ekanligi, ammo otaning bunga noroziligi yuzasidan;

3️⃣Voyaga yetmagan bola maktabda tengdoshlari tomonidan bullingga uchrayotganligi, bu holat bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligiga oid;

4️⃣Aliment to‘lamayotgan otaga nisbatan chora ko‘rish va bolaning moddiy ta’minotini tiklash yuzasidan;

5️⃣Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro nizo va mulk yuzasidan mojaro davomida bolaning yashash joyini belgilashga oid;

6️⃣Maktabda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlaridan ota-onalar xavotirda ekanligi, bunga maktab ma’muriyati e’tiborsizligi holati;

Yuqoridagi  holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 
Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.