header image

Yangiliklar

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan, YXHT tomonidan tashkil qilingan Odam savdosiga qarshi kurash Alyansining 25-Konferensiyasida ishtirok etdi.

Aytish kerakki, konferensiyaning bu yilgi mavzusi "Bolalikni himoya qilish, kelajakni shakllantirish: Bolalar savdosini tugatish" deb nomlanib, tadbirda YXHTning 57 ishtirokchi-mamlakati va 11 hamkor-davlatidan odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi mas’ullar va mutaxassislar ishtirok etishmoqda. 

📌 2 kunlik tadbir davomida bolalar savdosi bo‘yicha jahondagi zamonaviy holat, mavjud tendensiyalar, bolalarni odam savdosiga duch kelishiga olib keladigan xavf-xatarlar va mavjud chora-tadbirlardagi bo‘shliqlar tahlil qilinmoqda. 

Shuningdek, bu illatga qarshi samarali kurashish va bolalarni himoya qilish uchun zamonaviy vositalar va ilg‘or uslublar muhokama qilinmoqda. 

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishda o‘zining qat’iy sodiqligini bildiradi. 

Mamlakatda xalqaro standartlar asosida bolalar odam savdosi qurboni bulishining oldini olish uchun milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga oid tizimli huquqiy va institutsional choralar amalga oshirilmoqda", deya ta’kidladi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

Mazkur konferensiya YXHT mintaqasida bolalar savdosiga qarshi 20 yillik kurash tajribasini tahlil qilish uchun noyob amaliy platforma vazifasini o‘tamoqda✅.