
Yangiliklar

Aytish kerakki, YUNISEF bolalar huquqlarini amalga oshirish va rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda O‘zbekiston Hukumati bilan konstruktiv muloqotga qurilgan faol hamkorlik olib bormoqdaki, YUNISEF ko‘magida ko‘plab qonunlar, strategik hujjat va dasturlar qayta ko‘rib chiqilgan yoki ishlab chiqilgan.
O‘z navbatida, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bolalar ombudsmanining asosiy hamkorlaridan hisoblanib, mazkur xalqaro tashkilot bilan bola manfaatlarini ta’minlashning turli yo‘nalishlarida amaliy qo‘shma loyihalar olib borilmoqda.
Bugungi uchrashuv davomida 2026-2030 yillarga mo’ljallangan qulay sharoitlar va ijtimoiy inklyuzivlik dasturi taqdimotida ta’kidlanganidek, 2030 yilga kelib, bolalar, o‘smirlar va ularning oilalari o‘z huquqlari himoya qilinadigan va ta’minlanadigan inklyuziv hamda qulay siyosiy-huquqiy muhitdan foydalanishi kutilmoqda.
Bu natijalarga esa soha monitoringini takomillashtirish, hisobdorlik tizimini mustahkamlash, sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, iqlim o‘zgarishlariga bardoshlilikni oshirish hamda barqaror moliyalashtirish orqali erishish reja qilinmoqda.

