📌Mazkur uchrashuv davlat idoralari, fuqorolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari uchun o‘zaro amaliy muloqot maydoni bo‘lib, O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish dasturiga baho berish hamda soha yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.
🚨Aytish joizki, O‘zbekiston aholisining 13 millionni - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. O‘zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida o‘z majburiyatlarini tan olgan holda, mamlakat aholisining 35 foiziga yaqinini bolalar tashkil etishini hisobga olib, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasida milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘un ravishda shakllantirib bormoqda.
✅Uchrashuv davomida ishtirokchilarning takliflari tinglanib, Dasturning yakuniy matnini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.