header image

Yangiliklar

Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🎤_Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:_

1️⃣Nevarasida epilepsiya kasalligi tashxisi bo‘lsada, ammo ota-ona ajrimidan so‘ng, ona o‘z farzandining sog‘ligiga mutlaqo befarq bo‘layotganligi, bundan ota xavotirda bo‘lib, bolalarni o‘z tarbiyasiga olib berilishida ko‘mak so‘raganligi holati;

2️⃣Sobiq turmush o‘rtog‘i ayolga muttasil bosim va tazyiq o‘tkazishi, nizo yanada kuchayib borayotganligi, endi esa ota farzandiga ham tahdid va bosim o‘tkazilayotganligi va bu 12 yoshli bolaning ruhiy-emosional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligiga oid;

3️⃣Maktabda o‘rnatilgan kuzatuv kameralarning ishlamayotganligi sababli ota-onalarda ma’muriyat va o‘qituvchilar harakatlaridan turli shubhalar yuzaga kelayotganligi, bu masalani ko‘targan maktabning kuzatuv kengashi a’zolari bo‘lgan yolg‘iz onalarga nisbatan tahdid qilinayotganligi holati; 

4️⃣Maktabda o‘qituvchi tomonidan kichik sinf o‘quvchilariga ruhiy tazyiq va bosim o‘tkazilayotganligi holati tasdig‘ini topib chora ko‘rilgan bo‘lsada, bolaga bosim bilvosita davom etayotganligiga oid;

5️⃣Oilada sodir bo‘layotgan mutassil nizolar 9 yoshli bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning ruhiy holati va sog‘lig‘i yomonlashayotganligi tufayli bola psixologik yordam kursiga muhtoj ekanligiga oid;

6️⃣IIV xodimlari tomonidan voyaga yetmagan bolani aniq e’lon qilinmagan gumon bilan tayanch punktiga olib borilib, 

bir necha soat davomida ushlanganligi, bu haqda ota-onasiga xabar berilmaganligi oqibatida 14 yashar bola psixologik bosim va stressni boshdan kechirganligiga oid holat;

7️⃣Farzandining sha’ni va qadr qimmatini onasi tomonidan poymol etilishi yuzasidan norozi bo‘lgan ota qizining huquqlarini himoya qilinishini so‘rab murojaat qilganligiga oid;

8️⃣Bola 5 yoshga to‘lgunga qadar ona o‘z farzandining hayotida mutlaqo ishtirok etmaganligi, shu vaqtga qadar bola ota bilan yashab kelganligi, ammo hozirda ona sud qaroriga zid ravishda farzandini u bilan yashashini talab qilayotganligiga oid holat yuzasidan Bolalar ombudsmani sud majlisida ishtirok etishini so‘rab ota murojaat etishiga oid;

⚠️Yuqoridagi  holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi. Ayrim murojaatlar yuzasidan zudlik bilan chora ko‘rish jarayoni boshlandi.

Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.