header image

Yangiliklar

Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish ayollar koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdik.
Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish ayollar koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdik.

Monitoring davomida voyaga yetmagan qizlarni bu yerda saqlanishi sharoitlari, xususan, ta’lim olish, kasbga o‘rgatish va tarbiyaviy jarayoni qonunchilikda o‘rnatilgan talablarga rioya etib tashkil etilganini atroflicha ko‘zdan kechirdik. 

Monitoringda voyaga yetmagan qizlarning har biri bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning ehtiyojlari va fikrini o‘rgandik, jazo o‘tashga oid hujjatlar bilan tanishdik hamda yaqinlar bilan uchrashuvlar uchun yaratilgan sharoitlarni tekshirdik.

Shuningdek, koloniyada tashkil etilgan Bolalar uyida saqlanayotgan go‘daklar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, yotoq, sanitariya-gigiyena sharoitlari minimal standartlarga rioya etgan holda tashkil etilganligi darajasi o‘rganildi.

Jumladan, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor mahkumalar bilan o‘tkazilgan jamoaviy va individual suhbatlar orqali ularning ehtiyojlari va mavjud muammolarga oid fikrini eshitdik ☑️. 

Xususan, mazkur mahkumalarning aksariyati yosh bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar hukm ijrosini kechiktirish, 3 yoshga to‘lmagan bolalarni saqlash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda ko‘mak so‘radilar.

Aytish kerakki, Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida ham Bolalar ombudsmani qutisi o‘rnatilgan bo‘lib, voyaga yetmagan qizlar har qanday mazmundagi murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bolalar ombudsmaniga yo‘llashlari mumkin.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar hamda koloniyadagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, monitoring natijasi yuzasidan Bolalar ombudsmani tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta’minlanadi✅.