
Memorandum

Ushbu bitim ma’muriy tarzdagi bolalar mehnatining turli shakllarini oldini olish hamda bolaning mehnat qilish huquqini oqilona ta’minlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Memorandum doirasida voyaga yetmagan bolalarning mehnat qilish huquqini qonun doirasida ta’minlash, bu borada kelib tushayotgan murojaatlarni birgalikda o‘rganish, sohaga oid qonunchilikka takliflar ishlab chiqish, bolalar mehnatini oldini olish bo‘yicha qo‘shma monitoringlar o‘tkazib borish, shuningdek, o‘zaro statistik, tahliliy ma’lumotlar bazasini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik mamlakatimizda bolalar mehnatini oldini olishda tizimli nazorat va axborot almashinuvini muvofiqlashtiradi.
Bu esa, shubhasiz, jamiyatimizda bolaning eng ustun manfaati qadriyatini shakllantirishga hissa qo‘shadi.




