
Mintaqaviy vakil

Xamzayev Muxriddin Ziyaviddinxo‘jayevich
Ma'lumot to'ldirilmoqda
Tarjimai hol
Xamzayev M.Z 1990-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy.
2009-2010 yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmaliq shahar Kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti boshqaruvi raisi
2010-2014 yy. - Navoiy Davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti talabasi
2014-2017 yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmaliq shahar Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, Olmaliq shahar Kengashi raisi
2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi Fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
2018-2020 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar Kengashi raisi
2020-2021 yy. - Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo‘limi boshlig‘i
2021-2023 yy. - Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi, Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash sho‘’ba mudiri, boshqarmasi axborot-tahlil va ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis
2023-2025 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
Funksiyalar
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;