
Mintaqaviy vakil

To‘lanov Akmaljon Maxammatumarovich
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili
Tarjimai hol
To‘lanov A.M 1989-yilda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
2013-2016-yillarda Andijon shaha bo‘yicha Gʻaznachilik bo‘linmasi moliyaviy majburiyatlarni ro‘yhatga olish va narx-navo monitoringi guruhi bosh inspektori,
2016-2017-yillarda Andijon viloyati bo‘yicha Gʻaznachilik boshqarmasi moliyaviy maburiyatlarni ro‘yhatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i,
2017-yilda Asaka tumani bo‘yicha Gʻaznachilik bo‘linmasining moliyaviy majburiyatlarni ro‘yhatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i,
2017-2020-yillarda Asaka tumani bo‘yicha Gʻaznachilik bo‘linmasi boshlig‘ining o‘rinbosari,
2020-yilda Jalaquduq tumani moliya bo‘limi boshlig‘i
2020-2022-yilda Jalaquduq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i,
2022-2023-yillarda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i,
2023-yilda Andijon viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi,
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Funksiyalar
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;