header image

Mintaqaviy vakil

Maxmudov Otabek O‘ktamali o‘g‘li

Maxmudov Otabek O‘ktamali o‘g‘li

Ma'lumot to'ldirilmoqda

Tarjimai hol

Maxmudov O.O‘ 1996-yil Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
2015-2017-yillarda Yuqori Chirchiq tuman 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bosh hisobchisi,
2018-2020-yillarda "Yoshlar-kelajagimiz" jamg‘armasi Yuqori Chirchiq tuman filiali bosh mutaxassisi,
2020-2021-yillarda "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi Toshkent viloyat filiali bosh mutaxassisi,
2021-2022-yillarda Yoshlar ishlari agentligi Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis,
2022-yilda Yoshlar ishlari agentligi Yuqori Chirchiq tuman bo‘limining Mahallalarda yoshlar bilan ishlash, "Yoshlar daftari" va "Yoshlar balansi" ni muvofiqlashtirish sho‘basi bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri.
2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Funksiyalar

- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;