Ma'lumot to'ldirilmoqda
Alimova V.S 1975-yil Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
2019-yildan buyon Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati.
1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-shifoxonasi shifokori,
1998-2001-yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti ordinatori,
2001-2003-yillarda Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi tashkiliy uslubiy bo‘limi vrach-metodisti,
2003-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordami bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, boshliq o‘rinbosari,
2009-2012-yillarda Tibbiy sanitariya birlashmasining 1-sonli markaziy klinik shifoxonasi shifokori,
2012-yildan hozirga qadar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;