Ma'lumot to'ldirilmoqda
Turdimuratova M.T 1987-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy.
2011-2012-yillarda Nukus shahri "Jipek joli" mehmonxonasi administratori
2012-yilda Nukus madaniyat kolleji o‘qituvchisi, 2012-2017-yillarda Qoraqlpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2017-2018-yillarda Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashining Umumiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2018-2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
2020-2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va "Ayollar daftari" ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i,
2023-yildan hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyatini muvofiqlashtirish va ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish sho‘basi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;