Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili
Maxmudov S.SH 1986-yil Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy.
2009-2010- yillarda Jizzaх tumani 57-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda yetakchi, 2010-2017-yillarda Jizzah tuman qishloq xo‘jalik va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida huquqshunoslik fani o‘qituvchisi,
2017-2019-yillarda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ma’naviy-maьrifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
2019-2021-yillarda Respublika Ma’naviyat va maьrifat markazi qoshidagi "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Jizzah viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi
2021-2022-yillarda Jizzaх politehnika instituti huzuridagi Paxtakor sanoat tehnologiyalari texnikumida o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2022-2023-yillarda Jizzaх viloyat hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
2023-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzah viloyati boshqarmasi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;