
Rahbariyat

Raxmonova Surayyo Maxmudovna
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)
Tarjimai hol
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Raxmonova 1978-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori. Professor. 1-darajali adliya maslahatchisi (polkovnik).
2002-2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida, 2017-2019 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida faoliyat yuritgan. 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Jinoyat huquqi kafedrasi mudiri, 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoyat huquqiy fanlari kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Funksiyalar
- Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
- Bolalar hamda ularning qonuniy vakillari o‘rtasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni tushuntirish;
- Bola huquqlari va Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qilish;
- Aholining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
- Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- Bola huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq etish masalalarini o‘z vakolatlari doirasida o‘rganish;
- Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishini hamda himoya qilinishini monitoring qilish;
- Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, bolaning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari tiklanishiga ko‘maklashish;
- Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularning himoya qilinish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etish;
- Nogironligi bo‘lgan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlaganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
- Tarbiya muassasalarini tamomlagan, uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalarning, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning aniq maqsadli kommunal turar-joy fondidagi sanitariya, texnik normalarga hamda qonunchilikning boshqa talablariga javob beradigan turar-joylar bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish;
- Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga ko‘maklashish, bolaning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan bola huquqlari va erkinliklari masalalariga oid xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatda ishtirok etish;
- Davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga tavsiyalar va xulosalar berish orqali ko‘maklashish;
- Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.