header image

Markaziy apparat

Abduakimov Anvar Maxmud o‘g‘li

Abduakimov Anvar Maxmud o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida 1-toifali mutaxassis

Tarjimai hol

Abduakimov Anvar Maxmud o‘g‘li 1997-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2021-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida 1-toifali mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Funksiyalar

  • Vakil Kotibiyati xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlar amalga oshirishini tashkil etadi;

 

  • Vakil ko‘rib chiqishi uchun Kotibiyat mudiri bilan birgalikda Kotibiyat tuzilmasi, shtatlari va kadrlar zahirasi tarkibi masalalari yuzasidan takliflar kiritib boradi;

 

  • Xodimlarni ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish to‘g‘risida Kotibiyat mudiri bilan kelishilgan takliflarni vakilga taqdim etadi; 

 

  • Kotibiyat xodimlarining mehnat daftarchalari, kartotekasi hisobini yuritadi, ularni rasmiylashtiradi va saqlaydi;

 

  • Kadrlar masalalari bo‘yicha rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladigan farmoyishlar, buyruqlar, taqdimnomalar, qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; 

 

  • Xodimlarning xizmat safarlari bo‘yicha buyruqlarni tayyorlaydi, xizmat safari guvoxnomalarini rasmiylashtiradi va taqdim etadi.