
Joriy yilning 1-yarmida Bolalar ombudsmani nomiga 1147 ta murojaat kelib tushdi.
O’rganishlar asosida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga oid 8 ta jinoyat ishi hamda 15 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan;
Asossiz ravishda jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi
6 ta qaror prokuror tomonidan bekor qilinib, qayta o‘rganish uchun yuborilgan.
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarga jami 56 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirilib, u erda saqlanayotgan 1289 nafardan ortiq bolalar bilan yakka va jamoaviy uchrashuv hamda suhbatlar o‘tkazildi.
bola huquqlari buzilishi yuzasidan jami 18 ta- 4 ta ogohlantirish, 7 ta taqdimnoma, 5 ta xulosa, 2 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to’g’risida iltimosnoma kiritildi.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid 43 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalariga takliflar berildi.
Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish hamda bola manfaatlari himoyasiga oid 1048 ta media-material jamoatchilikka e’lon qilindi.
Bolalar ombudsmani Yunisef bilan hamkorlikda “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonundan xabardorlikni o‘rganish maqsadida
9500 nafardan ortiq bolalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
Bolalar ombudsmani, xorijiy va milliy mutasaddi idoralar sa’i-harakati bilan jami 22 nafar bola xorijdan Vatanga qaytarildi.
✅ Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga kelgan 885 ta murojaat ko‘rib chiqildi. (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan).
✅20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan.
✅Bolalar ombudsmani 2025-yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi.
✅Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.
✅Internet tarmog‘i monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlandi va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.
✅ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar bo‘yicha
5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiya Federatsiyasiga qaytarilishiga erishildi.
✅RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga bo‘lib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar ta’minlanib, so‘ng O‘zbekistonga qaytarildi.
✅Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish, bola manfaatlari himoyasiga oid 1664 ta media-material jamoatchilikka e’lon qilindi.
Hisobot
2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) (keyingi o‘rinlarda – Bola huquqlari bo‘yicha vakil) kotibiyatiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillari tomonidan jami 262 ta murojaatlar (shundan 12 tasi takroriy) kelib tushgan.
So‘nggi yillarda bolalar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik tubdan takomillashtirilib, yangicha mexanizmlar joriy etildi.