
Меморандум

Mazkur hujjat ikki tomonlama o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish, bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasiga oid ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Jumladan, Memorandum doirasida:
bola huquqlariga oid yangi bilimlarini shakllantirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
tahliliy faoliyat va yangi ilmiy tadqiqotlar bazasini yaratish;
✔️talabalarni Bolalar ombudsmani amaliyotiga o‘quv maqsadida jalb qilish orqali real keyslar asosida ularda amaliy tajriba shakllantirish;
✔️yuridik klinika negizida amaliy treninglar tashkil qilish orqali bola huquqlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash;
✔️universitet negizida "Bolalar ombudsmani klubi"ni tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
✔️bola huquqlariga oid tahliliy, o‘quv va uslubiy adabiyotlar tayyorlash va chop etish kabi amaliy masalalarda o‘zaro hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Shubhasiz, bunday hamkorlik malakali kadrlar tayyorlash tizimida bola huquqlarini ishonchli himoyalash salohiyatini, muhimi esa, jamiyatimizda bolaning eng ustun manfaati qadriyatini shakllantirishga xizmat qiladi.




