

Memorandum doirasida universitet talabalarini Bolalar ombudsmani faoliyati va funksiyalari bilan tanishtirish, o‘quv jarayonida foydalanish maqsadida bola huquqlari buzilishiga oid real keyslar bazasini yaratish,
Bola huquqlari bo‘yicha raqamli ta’lim platformasini ishlab chiqish hamda qo‘shma maxsus yuridik klinikani tashkil qilgan holda bolalarga oid masalalarda bepul yuridik yordam ko‘rsatish shakllarini joriy etish borasida kelishib olindi.
Bolalar ombudsmani tomonidan bo‘lajak yurist bo‘lgan talabalar uchun ta’lim dasturiga "Bola huquqlari" fani fakultativ sifatida kiritilishi taklifi bildirildi.
Shuningdek, soha vakillarining bola huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar ishtirokida maxsus o‘quv-seminar va treninglarni muntazam tashkil qilish reja qilindi.
O‘ylaymizki, ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash hamda jamiyatimizda bolaning eng ustun manfaati qadriyatini shakllantirishga xizmat qiladi.





