
Qabul davomida:
- Ta’lim muassasasida o‘smir qizga sinfdoshlari tomonidan ruhiy bosim va tazyiq (bulling) o‘tkazib kelinganligi, o‘quvchilar tomonidan internetda asossiz, qizning sha’ni va qadr-qimmatiga zid bo‘lgan xabarlar tarqatilganligi, mazkur bulling oqibatida qiz o‘z joniga qasd qilishga uringanligi yuzasidan;
- Otaning 2 nafar qizi RFning Yekaterinburg shahriga ko‘chib ketganligi, yangi maktabga joylashishda ma’muriyat avvalgi maktabdan ma’lumotnoma so‘rayotganligi, lekin ushbu hujjatni olishda hozirda muammoga duch kelayotganligiga oid;
- Ota ko‘p yillar davomida bolaning hayotida ishtirok etmay kelganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;
- Xususiy tibbiy markaz defektologi nogironligi bo‘lgan bolani urib mashg‘ulot o‘tkazishi yuzasidan;
- Bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani tegishli idoralarni jalb qilgan holda tizimli ravishda o‘rganishni boshladi






