
21-may kuni “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik.
O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tahlil qilinib, endilikda reja qilinayotgan loyihalar, bunda Bolalar ombudsmanining faol va konstruktiv ishtiroki borasida suhbatlashdik.
Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida:
- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash;
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish;
- odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.
Ma’lumot uchun:
Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi.
